Foydalanish shartlari
Oxirgi tahrir: 2026-yil 6-noyabr
- Nizom — Oʻzbekiston qonunchiligi matnlarini AI yordamchilar uchun qidiradigan bepul, norasmiy xizmat. Manba — lex.uz. Har bir javobda asl hujjatga havola beriladi.
- Natijalar umumiy maʼlumot, yuridik maslahat emas. Matnlar lex.uz'dan avtomatik olinadi, ularda kechikish yoki xato boʻlishi mumkin. Rasmiy matn — lex.uz'dagi matn.
- AI yordamchining javobi uchun uning ishlab chiqaruvchisi va foydalanuvchining oʻzi javobgar. Muhim qaror qabul qilishdan oldin yuristga murojaat qiling.
- Bepul limitlar: kuniga 30 ta qidiruv, 200 ta boshqa soʻrov, daqiqasiga 10 ta. Limitlarni chetlab oʻtish, avtomatik ommaviy yuklab olish va serverga zarar yetkazish taqiqlanadi. Bunday hollarda akkaunt bloklanishi mumkin.
- Xizmat “boricha” taqdim etiladi va istalgan payt oʻzgartirilishi yoki toʻxtatilishi mumkin. Shartlar oʻzgarsa, shu sahifada eʼlon qilinadi.
- Savollar boʻyicha [email protected] manziliga murojaat qiling.