Maxfiylik siyosati
Oxirgi tahrir: 2026-yil 6-noyabr
1. Nima saqlanadi
- Google akkauntidan: Google ID, email va ism. Parolingiz, kontaktlaringiz va Google tokenlari bizga kelmaydi va saqlanmaydi.
- Soʻrovlar: qaysi vosita qachon chaqirilgani, qidiruv soʻzi yoki hujjat nomi (300 belgigacha), natijalar soni va javob vaqti.
- Ulangan ilovalar: AI ilovasining nomi va manzili, kirish tokenlari (faqat shifrlangan xesh koʻrinishida).
2. Nima uchun
Kirish va kunlik limitlarni hisoblash, xizmatni suiisteʼmoldan himoya qilish va qidiruv sifatini yaxshilash uchun. Maʼlumotlar reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.
3. Qancha vaqt
Soʻrovlar matni 12 oy saqlanadi, keyin oʻchiriladi (faqat son va vaqt qoladi). Akkaunt maʼlumotlari siz oʻchirishni soʻraguningizcha saqlanadi. Tokenlar muddati tugagach oʻchiriladi.
4. Qayerda
Server Germaniyada (Hetzner maʼlumotlar markazi) joylashgan. Bu xizmatga kirish orqali siz “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq yuqoridagi maʼlumotlarning Oʻzbekiston hududidan tashqarida saqlanishiga rozilik bildirasiz. Biometrik va genetik maʼlumotlar yigʻilmaydi.
5. Kimga beriladi
Hech kimga berilmaydi, qonunda bevosita nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savolingizning oʻzini AI ilovangiz (masalan, Anthropic yoki OpenAI) oʻz maxfiylik siyosatiga koʻra qayta ishlaydi: biz faqat u bizga yuborgan soʻrovni koʻramiz.
6. Huquqlaringiz
Maʼlumotlaringizni koʻrish, tuzatish yoki akkauntni oʻchirishni soʻrash uchun [email protected] manziliga murojaat qiling. Ulangan ilovani AI ilovangiz sozlamalarida istalgan payt uzib qoʻyishingiz mumkin.
7. Oʻzgarishlar
Siyosat oʻzgarsa, shu sahifada yangi tahrir sanasi bilan eʼlon qilinadi.