Nizom

AI yordamchingiz (Claude, ChatGPT, Cursor va boshqalar) Oʻzbekiston qonunchiligidan javob topishi uchun MCP server. Manba — lex.uz (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi). Har bir javobda moddaga aniq havola beriladi.

Bazada 10 440 ta amaldagi hujjat: Konstitutsiya, kodekslar, qonunlar, Prezident va hukumat qarorlari, vazirlik va idoralarning roʻyxatdan oʻtgan hujjatlari. Faqat amaldagi tahrir. Har kecha yangilanadi, oxirgi yangilanish: 2026-yil 22-noyabr.

Xizmat bepul. Kuniga 30 ta qidiruv va 200 ta boshqa soʻrov, daqiqasiga 10 ta. Kirish Google akkaunti orqali.

Qanday ulanadi

Server manzili: https://nizom.org/mcp

Muhim

Javoblar umumiy maʼlumot, yuridik maslahat emas. Bu norasmiy loyiha: lex.uz va davlat organlariga aloqasi yoʻq. Eng yangi hujjatlar bazada hali boʻlmasligi mumkin, shuning uchun muhim masalada asl matnni lex.uz'da tekshiring va yuristga murojaat qiling.